Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Niko Uilyamsning "Barsa"ga o‘tmaganining asl sababi ma’lum bo‘ldi

Niko Uilyamsning "Barsa"ga o‘tmaganining asl sababi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" vinger Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlayotgan edi, ammo yaqinda futbolchi "Atletik" bilan shartnomasini o‘n yilga uzaytirdi. AS nashri jurnalistlari futbolchining Kataloniya superklubiga transferi barbod bo‘lishining asl sababini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" sport direktori Deku va Uilyamsning agenti Feliks Teynta o‘rtasidagi muzokaralar kataloniyaliklar agent "Atletik" bilan futbolchining yaxshilangan shartnomasini ham muhokama qilayotganidan xabar topgunga qadar silliq kechgan.

Muzokaralarning kechikishi "Barselona"ning hafsalasini pir qildi va klub futbolchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘landi. Kataloniyaliklar Uilyamsni agentidan voz kechishga va Jorje Mendesh yoki Pini Zaxavi kabilar bilan ishlashni boshlashga undashdi. "Barselona"ning bunday qadami Niko va uning oilasini g‘azablantirdi. Yakunda futbolchi o‘zi tarbiya topgan klubda qolishga qaror qildi.

Kiritildi: 19:53, 19.07.2025.
O'qildi: 7228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик