"Barselona" 3 nafar asosiy futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Gap Jyul Kunde, Erik Garsiya va Frenki de Yong haqida ketmoqda.
Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" hozirda har uchala futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Ispaniyalik markaziy himoyachi va niderlandiyalik yarim himoyachining amaldagi kelishuvlari kelasi yilning o‘rtalarida, fransiyalik o‘ng qanot himoyachisining shartnomasi esa 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda "Barselona" La Liga, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqdi va Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi.













