Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" vinger uchun 70 million yevro taklif qildi

"Bavariya" vinger uchun 70 million yevro taklif qildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" chap qanot vingeri Luis Diasni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlashda davom etmoqda. ESPN xabariga ko‘ra, Myunxen grandi 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun yangi taklif tayyorlamoqda - 70 million yevro va bonuslar. "Bavariya" Diasni ustuvor transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq, "Liverpul" "Bavariya"ning Dias bo‘yicha 67,5 million yevrolik taklifini rad etgandi. Endi Germaniya chempionlari o‘z taklifini yaxshiladi.

"Liverpul" safida Luis Dias turli musobaqalarda 148 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 41 ta gol va 23 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 20:06, 21.07.2025.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик