Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sneyder - "Oltin to‘p" haqida: "Men xafa bo‘lganman"

Sneyder - "Oltin to‘p" haqida: "Men xafa bo‘lganman"

Baho:
+2 | -

Niderlandiya terma jamoasi va "Inter" klubining sobiq futbolchisi Uesli Sneyder "Oltin to‘p" sovrini masalasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Lionel Messi mukofotni qo‘lga kiritgan 15 yil oldingi voqealarni sharhlar ekan, Sneyder Winwin portaliga bergan intervyusida quyidagilarni ta’kidladi:

"O‘sha yil men uchun o‘ziga xos mavsum bo‘lgandi. Chempionlar ligasi, Jahon chempionati finali, 2 ta ichki chempionlik. Men bor kuchimni sarflagandim. Yakunda sovrinni olmaganimdan xafa bo‘lganman".

Sneyder 2013 yilda Frank Riberi va 2020 yilda Robert Levandovskini misol qilib, "Oltin to‘p" har doim ham munosiblarga nasib etmasligini tan oldi. Birinchi holatda sovrinni Krishtianu Ronaldu olgan bo‘lsa, ikkinchisida koronavirus tufayli uni topshirmaslikka qaror qilishgan.

Kiritildi: 08:17, 23.07.2025.
O'qildi: 1657 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик