Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

AQSHda ulg‘ayayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar O‘zPFL nigohida

AQSHda ulg‘ayayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar O‘zPFL nigohida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zPFL delegasiyasi AQSH safarida bo‘lib, MLS bilan uchrashuvlar, MLS doirasidagi futbol bellashuvlari, stadionlar va umuman infratuzilma, futbol klublari faoliyati bilan tanishdi. Vakillarimiz, shuningdek, o‘z e’tiborini Amerikada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga ham qaratdi.

Ko‘plab o‘zbekistonliklar okean ortida istiqomat qilayotgan bo‘lib, ularning aksari o‘z farzandini futbol maktablariga olib boradi. Kelajakda mana shu bolalar orasidan ham iqtidorli futbolchilar yetishib chiqishi katta ehtimol. Shuni inobatga olgan holda Liga Ohayo shtatida tashkil etilgan, keyinchalik Chikago hamda Filadelfiyada o‘z filliallarini ochgan futbol maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Futbol maktabiga Xo‘jand shahrida tavallud topgan Jo‘rabek Husanboyev va uning akasi asos solgan. Sinsinati shahrida mehnat qilayotgan Jo‘rabek futbolchilik faoliyatini Paxtakor maktabidan boshlagan. Keyinchalik u O‘zbekiston, Rossiya, Portugaliya klublarida professional futbolchi sifatida ishtirok etdi. Murabbiylik faoliyatini esa AQSHda boshladi.

Ayni vaqtda u RealsosserFS maktabiga asos solgan bo‘lib, Sinsinatining o‘zida 250 ga yaqin tarbiyalanuvchiga futbol sir-asrorlarini o‘rgatmoqda. Mazkur bolalarning 85 foizini o‘zbekistonliklar tashkil qiladi. 2015 yilda tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan jamoa Ohayo shtatining ikki karra g‘olibi hisoblanadi. 2006 yilgi guruh esa shtat g‘olibligini bir marta qo‘lga kiritgan.

Keyinchalik mazkur loyihaga boshqa shtatlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar tomonidan ham qiziqish bo‘ldi va yuqorida ta’kidlanganidek, Chikago va Filadelfiyada ham filliallar tashkil etildi. Ochilganiga ko‘p bo‘lmagan bu filliallarda hozirgacha 150 ga yaqin tarbiyalanuvchi yig‘ilib ulgurdi. O‘zbekistonlik bolalar qatorida bu maktablarda Markaziy Osiyoning qolgan davlatlardan kelgan oilalar farzandlari, shuningdek, kelib chiqishi amerikalik, afrikalik bo‘lgan yigitlar ham shug‘ullanmoqda.

“Hozirgi kunda bir necha futbol agentliklari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yganmiz. Kelajakda yana bir qator shtatlarda o‘z filliallarimizni tashkil etmoqchimiz. Umid qilamizki, bizning maktab tarbiyalanuvchilari bir necha yillardan so‘ng MLS va boshqa Ligalarda ishtirok etayotgan klublar safida ko‘rinish beradi”, — deydi Jo‘rabek Husanboyev Liga mediasi bilan suhbatda.

Chigako, Sinsinati va Filadelfiyada bolalar maktablari uchun yetarlicha sharoitlar mavjud. O‘zbekistonlik oilalarning bu maktablarda shug‘ullanayotgan farzandlarining katta qismi AQSHda dunyoga kelgan. Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, vatandoshlarimiz ham o‘zaro ingliz tilida muloqot qiladi. Sababi ular AQSH maktablarida tahsil oladi va tabiiyki, jamoadoshlarining aksar qismi turli millat vakillari ekanligi ham bunga sabab bo‘ladi.

MLS so‘nggi vaqtlarda nafaqat professional futbol klublari, balki MLS Next va MLS Next Pro loyihalari orqali ommaviy futbol hamda bolalar futboliga ham katta e’tibor qaratmoqda. Ya’ni, tashkilot mana shu ikki loyihaga ham investisiya kiritish orqali, kelajakda katta o‘sishga erishishga intilmoqda. Vaqti kelib, o‘zbekistonliklar tomonidan tashkil etilgan futbol maktablari akademiya darajasida rivojlanadi va butun Amerika bo‘ylab o‘tkaziladigan katta darajadagi musobaqalar ishtirokchisiga aylanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:12, 23.07.2025.
O'qildi: 4241 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.