Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" futbolchilariga muhim ma’lumot yetkazildi

"Real" futbolchilariga muhim ma’lumot yetkazildi

Baho:
+-1 | -

"Real" futbolchilari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida o‘tkazishdi. Madridliklar yarim finalga chiqdi, u yerda "PSJ"dan alamli mag‘lubiyat qabul qilindi - 0:4. Ayni damda "qaymoqranglilar" futbolchilari ta’tilda.

Transfer News Live nashrining jurnalist Xose Feliks Diasga tayanib xabar berishicha, "Real"ning asosiy tarkibidagi barcha futbolchilar bo‘lajak mavsumdagi vazifalari haqida xabardor qilingan. Ta’tilda har bir o‘yinchi o‘z kelajagini o‘ylab ko‘rishi va qaror qabul qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, hujumchi Rodrigoga muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish qiyin bo‘ladi, shu bois braziliyalik futbolchi jamoani tark etishi mumkin.

Kiritildi: 13:50, 23.07.2025.
O'qildi: 4800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.