Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Eshli Yang Chempionship klubiga o‘tdi

Eshli Yang Chempionship klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Eshli Yang faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi - himoyachi Angliyaning "Ipsvich" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati o‘z saytida rasman ma’lum qildi.

40 yoshli ingliz bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuzdi.

Eslatib o‘tamiz, yozda Eshli Yang shartnomasi yakunlangani sababli "Everton"ni tark etgandi. U "irislar" safida o‘tgan mavsum 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yang faoliyatida "Manchester Yunayted" va "Inter" kabi top-klublarda harakat qilgan. Shuningdek, himoyachi Angliya terma jamoasi safida 39 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 08:28, 24.07.2025.
O'qildi: 781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик