Roberto Firmino faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi.
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi "As-Sadd"ga o‘tib, 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Firmino 2023 yildan beri Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" jamoasida o‘ynab, Osiyo Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda hujumchi 12 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.














