"Chelsi" "RB Leypsig" hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons transferi bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljidi. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar jarayoni yaxshi ketmoqda. Oldinda hali ko‘p ishlar bor, lekin jarayon to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda.
Qayd etilishicha, "Chelsi"ning sport loyihasi Simonsga qiziq. London klubi va 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi o‘rtasidagi shaxsiy shartlar bo‘yicha muzokaralar ham oldinga siljidi.













