Duglas Luisga APLning uchta klubi qiziqish bildirmoqda.
Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, braziliyalik yarim himoyachini "Nottingem Forest", "Everton" va "Vest Xjm" klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, biroq hozircha bu klublarning hech biri rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.
"Yuventus" Luisni 40 mln yevroga baholamoqda - bunday summa klubga zarar ko‘rmaslikka yordam beradi. Bundan tashqari, turinliklar xavbekning ijara asosida majburiy sotib olish sharti bilan ketishini ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq, "Yuventus" Luisni mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani uchun 40-120 ming yevro jarimaga tortishi ma’lum bo‘lgandi. Braziliyalik futbolchi haligacha klub qarorgohiga qaytmagan.













