Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

APL klubi 32 million yevroga "Feyenoord" vingerini sotib olishga yaqin turibdi

APL klubi 32 million yevroga "Feyenoord" vingerini sotib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

"Lids" "Feyenoord" vingeri Igor Payshaoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin, deb xabar beradi L'Equipe.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 32 million yevrolik ikkinchi taklif bilan chiqqan, birinchisi 28 mln yevro edi. Bitim allaqachon yakunlanmoqda.

Avvalroq, Payshao butun yoz davomida "Marsel"ning transfer maqsadi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Footmercato xabariga ko‘ra, fransuz klubi futbolchi bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan, biroq "Feyenoord" bilan kelishuvga erishmagan.

Payshao "Koritiba"dan 4,5 mln yevro evaziga transfer qilinganidan so‘ng, 2022 yil avgustidan beri Niderlandiya klubida o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

O‘tgan mavsumda Igor klub safida 47 ta o‘yinda 18 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 18:02, 28.07.2025.
O'qildi: 1093 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.