APLning amaldagi chempioni Alisson shaxsiy muammolarni hal qilish uchun jamoaning Tokiodagi yig‘inini tark etdi.
Liverpool Echo xabariga ko‘ra, 32 yoshli braziliyalik golkiper Yaponiyadan Buyuk Britaniyaga qaytgan. U kecha jamoaning ochiq mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan.
Alisson mavsumoldi yig‘inlarida jamoani tark etgan 3-futbolchi bo‘ldi. Avvalroq, Jo Gomes jarohat sabab, Luis Dias esa "Bavariya"ga o‘tishi munosabati bilan klub qarorgohini tark etgan edi.













