Madridning "Real" klubi tayanch yarim himoyachisi Mario Martin faoliyatini "Xetafe"da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi 1 mavsumga sotib olish shartisiz ijaraga berilgan.
Martin "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "qirollik klubi"ning asosiy tarkibida 4 ta o‘yinda maydonga tushgan.













