Son Xyon Min MLSda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanishi mumkin.
"Los-Anjeles" "Tottenxem"ning 33 yoshli vingeriga yiliga taxminan 20 million dollar maosh taklif qildi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
MLSda maosh olish bo‘yicha rekordchi "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi bo‘lib, u mavsumda 20,45 million maosh oladi.
Oldinroq "shporlar" London klubidan ketishini e’lon qilgan Son uchun 20 million funt olmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.













