Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

"Barselona"ning ikki futbolchisi Osiyo turnesidagi so‘nggi o‘yinda maydonga tushmaydi

"Barselona"ning ikki futbolchisi Osiyo turnesidagi so‘nggi o‘yinda maydonga tushmaydi

Baho:
+ | -

Inigo Martines va Fermin Lopes "Barselona"ning Osiyo turnesidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuborishadi. Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning terma jamoasining Paju shahridagi bazasida bo‘lib o‘tgan yakshanba kungi mashg‘ulotni ikkala futbolchi ham tark etgan.

33 yoshli himoyachi mushaklari zo‘riqishi tufayli maydonga tusha olmadi, Fermin esa bir kun oldin tizzasidagi yengil kontuziyani boshdan kechirdi. Klubdagi manbaning qayd etishicha, futbolchilarning ahvoli tashvishga sabab emas va bu jiddiy jarohatdan ko‘ra ko‘proq ehtiyot chorasi.

Ushbu epizodlar bo‘yicha rasmiy tibbiy xulosa bo‘lmaydi - "Barselona" tibbiy aralashuv talab etilmaydi, deb hisoblaydi. Har ikki futbolchi tiklanish jarayonini yakka tartibda davom ettiradi va "Degu" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmaydi.

Janubiy Koreya klubi bilan uchrashuv Osiyo turnesi final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadi. O‘yindan so‘ng Xansi Flik jamoasi avval Seulga, keyin esa charter reys bilan Barselonaga yo‘l oladi.

Kiritildi: 11:50, 03.08.2025.
O'qildi: 2413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик