Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Lukman "Atalanta"dan ketish istagini tasdiqladi

Lukman "Atalanta"dan ketish istagini tasdiqladi

Baho:
+ | -

"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman jamoaga transfer bo‘yicha so‘rov yuborganini ma’lum qildi. Ko‘rinib turibdiki, 27 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda matbuotda aytilayotgan "Inter"ga o‘tishni istamoqda.

"Transfer uchun rasmiy so‘rov yuborganimni tasdiqlay olaman. Men har doim klub manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yganman va bungacha yetib bormasligimga umid qilganman, ammo afsuski, hozir tanlovim kam. Muxlislarga aytmoqchiman: Hammasi shu darajaga yetganidan chin dildan afsusdaman. Umid qilamanki, siz vaziyatni tushunasiz," - deb yozdi Lukman.

Lukmanning ta’kidlashicha, "Atalanta" tushunarsiz sabablarga ko‘ra uning transferini bloklamoqda. Futbolchi, shuningdek, uch mavsum davomida Bergamo klubida bor kuchini sarflaganini ta’kidladi. Ademola vaziyat tez orada hal bo‘lishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 17:04, 03.08.2025.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик