Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bahrom Haydarov: «Biz ham shunaqa darvozabonimiz bo‘lishini xohlardik»

Bahrom Haydarov: «Biz ham shunaqa darvozabonimiz bo‘lishini xohlardik»

Baho:
+ | -

«Andijon» - «Qo‘qon-1912» (3:0) bellashuvidan so‘ng matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov qatnashdi.

— Ko‘pchilik ko‘rdi, albatta 3:0 hisobidan keyin bir nima deyish qiyin. Baxona qidirgandek bo‘lib qolishimiz mumkin. Ikkita golni hisobga olmasak teng jamoa bilan o‘ynayotgandek edik. Gapirish juda qiyin. Chunki juda og‘ir hisob. Yutqazmasligimiz kerak, deb o‘ylayotgandim. Birinchi bo‘lim ham, ikkinchi bo‘lim ham teng kurashlar ostida o‘tdi. Lekin individual mahorat evaziga birinchi va ikkinchi gollar darvozamizga kiritildi. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi. Lekin «Andijon» darvozabonini terma jamoadagi o‘yinlarida ham ko‘rgandik, tahlil qilgandik. Biz ham shunaqa darvozabonimiz bo‘lishini xohlardik. O‘ylaymanki, bu darvozabon g‘alabaga juda katta hissa qo‘shdi. 0:0 bo‘lib turganida ham, yutqazayotgan chog‘imizda ham juda yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Darvozabon yarim jamoa deb bejizga aytishmaydi. Albatta, «Andijon»ni qolgan hamma o‘yinchilari ham mehnat qilishdi. Ammo darvozabonini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Himoya chizig‘imizni ham bir nima deyish qiyin. Yaxshi desak, hisob bunga to‘g‘ri kelmayapti. Uchrashuvni ko‘rib chiqqanimizdan keyin xulosaga kelishimiz mumkin.

— Birinchi bo‘limdan to uchrashuv oxirigacha beshta himoyachi bilan o‘ynadinglar. Shu haqida fikringiz?

— Yo‘q, 5 ta himoyachi bilan emas. Raqib o‘yinini tahlil qilganimizda Abdumannopov bilan Abdumannonov keng o‘ynashadi. Ularni OKMK bilan o‘yinini ham tahlil qildik. Shunga majbur edik. Ammo to‘p bizdaligida uch himoyachi bilan...Bizda asosan uch himoyachi. Faqat ikkala qanot himoyachilari ham bor, majbur bo‘ldik. «Andijon» futbolchilarini keng joylashuvi hisobiga shunga moslab tayyorgarlik ko‘rgandik. 5 ta himoyachi degani, yutqazmasak bo‘ldi, deb maydonga tushmadik. Agar o‘yin davomida natija o‘zgarganida biz ham o‘zgarish qilmoqchi edik. Raqibni ikkala qanot o‘yinchilari deyarli oxirigacha o‘ynashgani uchun sxemamizni almashtirmadik.

— Ikkinchi goldan keyin oldingi chiziqqa hujumchi tushirsangiz bo‘lmasmidi?

— Bilasizmi, ikkinchi goldan keyin meni tushuncham bo‘yicha aksincha uchta himoyachi qolsangiz, ikkala qanot futbolchilari tepaga ko‘tariladi. Bu sxemani 4 ta hujumchiga moslasangiz bo‘ladi. Yutqazgandan keyin buni noto‘g‘ri qilgan bo‘lishimiz mumkin, buni o‘rganib chiqamiz. Bu savolga javob berish qiyin.

— Ikkinchi davra yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan boshlandi. Davralar oralig‘idagi tarkibda yuz bergan o‘zgarishlardan ko‘nglingiz to‘ldimi?

— Uchta yangi futbolchi tarkibimizda maydonga tushdi – Gadoyev, Datsi va Haydarov. Haydarov bilan Datsi hujumchi. Gol urishmadi. Bugungi hisob hamma narsani kesib qo‘yyaptida. Ularni maqtashga ham ojizmiz. Gadoyevni biroz o‘yini qovushmadi, jamoaga qo‘shilib keta olmadi. Unga vaqt kerak. Chunki u ikkinchi davra boshlanishiga yaqin keldi. Datsi bilan Haydarov gol ura olmagan bo‘lsa ham bosim o‘tkazishga harakat qilishdi. Ammo 0 ga o‘ynaganimizdan keyin ko‘nglingiz to‘lmaydida. Mehnat qilishdi, yomon o‘ynadi, deb bo‘lmaydi. Shu o‘rinda ishqibozlarimizga katta rahmat. Yo‘l bosib kelishdi va stadionda oxirigacha qo‘llab-quvvatlashdi. Yutqazayotganimizda ham ketib qolishmadi, ularga katta rahmat va uzr so‘rayman.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 00:12, 04.08.2025.
O'qildi: 1115 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.