Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

“Dizak” futzal jamoasi 2025/2026-yilgi mavsum Oliy liga musobaqasidan chetlatildi

“Dizak” futzal jamoasi 2025/2026-yilgi mavsum Oliy liga musobaqasidan chetlatildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jizzaxning “Dizak” futzal jamoasi O‘zbekiston futzal federasiyasi Reglamentida belgilangan talablarga rioya etmagani uchun 2025/2026 yilgi mavsum Oliy liga hamda Kubok musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

O‘zbekiston futzal federasiyasi Ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida jamoa tomonidan musobaqa Reglamentining quyidagi moddalariga amal qilinmagani aniqlandi:

O‘zbekiston futzal federasiyasining 2025 yil 9 yanvarda tasdiqlangan Ustavi 4.4-bandi;

O‘zbekiston futzal federasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan futzal musobaqalari Reglamenti 8.10-bandi;

“Dizak” futzal klubi tomonidan jamoa bilan bog‘liq moliyaviy qarzdorliklar bartaraf etilmagan. Bir necha marta muhlat berilishi, ogohlantirilishiga qaramasdan 2024-, 2025-yilgi mavsumlar uchun murabbiylar shtabi va futbolchilar oldidagi katta miqdordagi qarzdorlik uzilmagan. Klubga alohida homiy biriktirilmagan. Jamoaning yangi mavsumda musobaqalarda barqaror ishtirok eta olmaslik xavfi mavjud.

Yuqoridagi kamchiliklar jamoaning professional musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatini cheklaydi. Shu bois, O‘zbekiston futzal federasiya Ijroiya qo‘mitasi tomonidan "Dizak" jamoasini 2025/2026 yilgi mavsumda Oliy liga va Kubok bahslaridan chetlatish, uning o‘rnini O‘tish musobaqasida uchinchi o‘rinni egallagan “Neftchi” futzal klubi bilan to‘ldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

“Dizak” klubining birinchi ligada ishtirok etishi masalasi mavjud kamchiliklar (murabbiylar va futbolchilar bilan bog‘liq moliyaviy qarzdorlik, alohida homiy biriktirilishi, 2025/2026-yilgi mavsum uchun jamoaning moliyaviy strategiyasi taqdim etilishi, klubga alohida, mustaqil rahbar tayinlanishi) 2025 yilning 1 sentyabriga qadar bartaraf etilganidan so‘ng, me’yoriy Reglamentda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 11:56, 04.08.2025.
O'qildi: 800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик