Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ivan Boshkovich: “Namanganda o‘ynash oson emas”

Ivan Boshkovich: “Namanganda o‘ynash oson emas”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «So‘g‘diyona» (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— Avvalo bugungi o‘yin haqida fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...

— O‘ylaymanki, bugungi bahs muxlislarga yoqdi. Ba’zi vaziyatlarda sekin harakat qildik, buning aniq sababini hozir bilmayman. O‘yinni tahlil qilib, xatolar ustida ishlaymiz. O‘yinimiz boshida qovushmadi, keyin esa sifatli futbol namoyish etishga o‘tdik. Umuman olganda, ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimizdan qoniqdim. Ko‘p vaziyatlarda to‘pni nazorat qildik. Raqib juda kuchli edi va safarda durang qayd etdik. «Navbahor»ning qanot yarim himoyachilari faol o‘yin ko‘rsatishadi, lekin biz bunga tayyor edik va himoyachilarga alohida uqtirgandik. Namanganda o‘ynash oson emas, biz taslim bo‘lmadik va oxirigacha kurashdik. Ruhan cho‘kib qolmaganimiz meni xursand qildi. Chempionat tugashiga hali 13 ta tur bor. Ishlashda davom etamiz.

— «So‘g‘diyona» o‘tgan turda «Nasaf»ga mag‘lub bo‘lgandi, bugun esa durang qayd etdi. Bu haqda nima deya olasiz?

— Birinchi davradagi o‘yinimiz bilan taqqoslaganda ancha o‘sganmiz, deya olaman. O‘tgan tur ham chiroyli harakat qilgandik. Asosiysi, jamoamizda o‘yin bor. Muammo — vaziyatlarni golga aylantirishda bo‘lyapti. Buning ustida ishlaymiz. Tarkibimizda yaxshi futbolchilar bor, shunday ekan o‘z maqsadimiz yo‘lida kurashishda davom etamiz. Men jamoamdan yanada yaxshiroq natija kutaman. Futbolda ikki karra ikki har doim ham to‘rt bo‘lavermaydi, futbol shunisi bilan qiziq. Umumiy ochkolarimiz kam. Chunki ko‘p uchrashuvlarda ochkolarni boy berib qo‘ydik. Ammo aytganimdek, hali oldinda 13 tur bor va shu o‘yinlarda ko‘proq ochko ishlashga harakat qilamiz. Futbolni aldab bo‘lmaydi, yakuniy jadvalda qaysi o‘rinni olsak, shu haqqoniy bo‘ladi.

— O‘yinda ko‘rdikki, jamoa asosan Lyupcho Doriyevga tayanib qolgan. Ushbu futbolchisiz o‘ynash qiyinmi?

— Aksar jamoalar yaxshi sifatli futbolchilarga tayanib o‘ynaydi va bu normal holat. Bizda ham yaxshi o‘yinchilar ko‘p. Maydonda Doriyevdan tashqari, yana 10 nafar futbolchi harakat qiladi hamda har birining o‘z vazifasi bor. Lekin Lyupcho Doriyev alohida mavzu. Balki u chempionatning eng yaxshi futbolchisidir. Bir maromda yuqori saviyada o‘ynash oson emas. Doriyev buni qo‘ldan kelgancha uddalab kelyapti va buning uchun xursandman. Jamoamizda har bir o‘yinchining o‘z vazifasi bor hamda hamma o‘z ishini yaxshi bajarishga harakat qilyapti.

— Tarkibga yangi qo‘shilgan futbolchilar jamoaga kirishib keta olishdimi?

— O‘tgan o‘yindan keyin men bu savolga javob bergandim. Jamoadagi hamma bor kuch bilan yordam berishga harakat qilyapti. Yangi futbolchilarning kelishganiga ko‘p bo‘lmadi, ammo ular mashg‘ulotlarda yaxshi ishlashmoqda. Jamoaga moslashish jarayoni davom etmoqda. Hali ko‘rasiz, 3-4 ta uchrashuvdan keyin hamma yaxshi o‘yin ko‘rsata boshlaydi. Men doim talabchanman, hech qachon to‘liq qoniqmayman.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:37, 07.08.2025.
O'qildi: 628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик