Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sheshko "MYU"ga o‘tsa, Xyoylund A Seriyaga qaytishi mumkin

Sheshko "MYU"ga o‘tsa, Xyoylund A Seriyaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ga o‘tishi kutilayotgan Benyamin Sheshko hujumchi Rasmus Xyoylund bilan xayrlashish imkoniyatini oshiradi.

Daniyalik hozircha "qizil iblislar" safini tark etish istagida emas, ammo "RB Leypsig"ning qimmatbaho sloveniyalik futbolchisi bilan shartnoma imzolanishi uni transferga majbur qilishi mumkin. MilanNews24 xabariga ko‘ra, "Milan" ayni damda Xyoylund uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. "Rossonerilar" rahbariyati futbolchining Angliyadagi muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, uning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va uni Massimiliano Allegri tizimiga mos ijrochi sifatida ko‘rmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, agar "MYU" Benyamin Sheshkoni sotib olsa, Rasmus Xyoylunning o‘zi transferni so‘rashi mumkin. "Atalanta"ning sobiq forvardi o‘yin amaliyotidan mahrum bo‘lish xavfi borligini tushunib turibdi, chunki yangi kelgan futbolchi asosiy tarkibdan joy olishi aniq.

Kiritildi: 08:21, 07.08.2025.
O'qildi: 1423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик