Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" prezidenti Sonning jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi

"Tottenxem" prezidenti Sonning jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" prezidenti Daniel Levi jamoa hujumchisi Son Xyon Minning "Los-Anjeles"ga o‘tishi haqida gapirdi.

Janubiy koreyalik futbolchi o‘tgan haftadayoq "shporlar" bilan xayrlashgan, transfer 6 avgust, chorshanba kuni rasman e’lon qilingan edi.

"Son - "Tottenxem" libosida harakat qilgan eng buyuk futbolchilardan biri, uni o‘n yil davomida kuzatish katta zavq bag‘ishladi. U nafaqat juda iqtidorli futbolchi, balki klubimizda va butun dunyoda hammani ilhomlantirgan ajoyib inson.

Yevropa Ligasidagi g‘alaba - "Tottenxem" uchun haqiqatan ham sehrli lahza va sovrinni boshimiz uzra ko‘targan Son - biz bilan abadiy qoladigan xotira. U klub uchun juda ko‘p ish qildi, biz uning xizmatlari uchun doimo minnatdor bo‘lamiz. Songa eng yaxshi tilaklarni tilaymiz," - deya Levi so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Son Xyon Min londonliklar safida 454 ta o‘yinda maydonga tushib, 173 ta gol va 101 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:42, 07.08.2025.
O'qildi: 1533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик