Italiyaning "Milan" klubi sobiq ustozi Fabio Kapello yangi murabbiy Massimiliano Allegri qo‘l ostida portugaliyalik hujumchi Rafael Leauning yanada intizomli bo‘lishiga umid qilmoqda. Kapelloning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon bu jarayonning ijobiy belgilarini ko‘rmoqda.
"Rafa - bu alohida mavzu. Uning iste’dodiga hech kim shubha qilmaydi. Umid qilamanki, Allegri bilan u yanada tartibli va barqaror bo‘ladi. Birinchi signallarni ko‘ryapman," - deya Kapelloning so‘zlarini keltiradi Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashri.
Eslatib o‘tamiz, Leau "Milan" safida 2019 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.













