Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" hujumchisiga 1 milliard yevro tovon puli belgilaydi

"Real" hujumchisiga 1 milliard yevro tovon puli belgilaydi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi forvardi, yaqinda bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgan Gonsalo Torres yangi shartnomaga ega bo‘ladi, deya xabar bermoqda AS.

"Qirollik klubi" bosslari 21 yoshli futbolchining o‘sishidan mamnun va u bilan hamkorlikni 2030 yilgacha uzaytirmoqchi. Shuningdek, kelishuvda bir milliard yevro miqdoridagi katta tovon puli yoziladi. Hozir uning tovon puli 50 million.

Eslatib o‘tamiz, Gonsalo Garsiya Torres klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2025 doirasida 6 ta o‘yin o‘tkazgan. Hujumchi 4 ta gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. "Real" "PSJ"ga 0:4 hisobida yutqazib, yarim final bosqichida turnirni tark etdi.

Kiritildi: 13:24, 08.08.2025.
O'qildi: 1174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик