Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xenderson Angliya superkubogidagi g‘alaba haqida: «Bu – klub tarixidagi muhim lahza»

Xenderson Angliya superkubogidagi g‘alaba haqida: «Bu – klub tarixidagi muhim lahza»

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

“Kristal Pelas” darvozaboni Din Xenderson “Liverpul”ga qarshi Angliya superkubogi bahsidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“So‘z bilan ta’riflash qiyin bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechiryapman. Murabbiy ikkinchi bo‘limda bizda ijobiy lahzalar bo‘lishini aytdi. “Kristal Pelas” bu o‘yinda g‘alabaga haqli edi.

Penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ishlari ajoyib bo‘ldi. Menga yordam bergan va qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman.

“Liverpul”ni mag‘lub etish – shunchaki aqlbovar qilmaydigan narsa. Ular o‘yinga favorit sifatida kirishdi. Chunki raqib jamoada juda yaxshi o‘yinchilar bor. Biz uch oy ichida ikkita sovrinni qo‘lga kiritdik. Bu esa klub tarixidagi muhim lahzadir”, - deya Xendersonning so‘zlaridan keltiradi BBC.

Kiritildi: 00:33, 11.08.2025.
O'qildi: 2045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.