Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Shtutgart" "Bavariya"ga vaqt belgiladi

"Shtutgart" "Bavariya"ga vaqt belgiladi

Baho:
+ | -

"Shtutgart" bosh direktori Aleksander Verle jamoa hujumchisi Nik Voltemadening ketishi haqidagi navbatdagi savolga javob berdi.

23 yoshli futbolchiga "Bavariya" qiziqmoqda, ammo myunxenliklarda "shvablar" yulduzi transferini rasmiylashtirish uchun juda oz vaqt qolmoqda.

"Agar siz bizning futbolchimizni sotib olishga qaror qilgan bo‘lsangiz, hoziroq buning yo‘lini topishingiz kerak. Shanba kuni Germaniya Superkubogi o‘yinini o‘tkazamiz - bu vaqtgacha barchasi oydinlashishi kerak," - dedi Verle Stuttgarter Nachrichten nashriga bergan intervyusida.

Superkubok bahsida "Shtutgart" aynan "Bavariya"ga qarshi maydonga tushadi. Shanba kungi bahs Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 07:29, 12.08.2025.
O'qildi: 508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик