Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

“Manchester Siti” 120 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

“Manchester Siti” 120 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida katta xaridni amalga oshirishi mumkin. Ispaniyaning Fichajes nashri xabariga ko‘ra, “shaharliklar” yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Brayton” futbolchisi Karlos Balebani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

21 yoshli kamerunlik yarim himoyachi Fabian Hyurseler qo‘l ostida “Brayton”ning eng muhim o‘yinchilaridan biriga aylangan. O‘tgan mavsumda u klub tarkibida jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Qolaversa, turli pozisiyalarda o‘ynay olishi va kuchli jismoniy holati “shaharliklar” e’tiborini tortgan. Pep Gvardiola esa uni jamoaning tezkor o‘yin uslubiga mos futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

ESPN nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Brayton” Balebaning narxini 120 million yevro etib belgilagan. Shuningdek, futbolchining sobiq klubi — “Lill” transfer summasining 20 foizini oladi. Bu taxminan 30 million yevroga teng.

Rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan bo‘lsa-da, “Siti” transfer oynasi yakuniga qadar Balebani sotib olishga harakat qilib ko‘radi. Baleba hozircha “Brayton”da qolmoqchi ekanini bildirgan bo‘lsa-da, “Manchester Siti” kabi jamoaga o‘tish imkoniyati uning fikrini o‘zgartirishi mumkin. Agar transfer amalga oshsa, u “Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:44, 12.08.2025.
O'qildi: 7182 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.