Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" "Arsenal" futbolchisi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

"Milan" "Arsenal" futbolchisi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Yakub Kivyor faoliyatini Italiyaning "Milan" klubida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Sebastyen Vidalning ta’kidlashicha, "Milan" "Arsenal" bilan Kiver bo‘yicha muzokaralarga kirishgan. "Rossonerilar" Malik Tiav bilan xayrlashgach, 25 yoshli polyak bilan himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bitim qiymati 25-30 million yevroni tashkil etishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Kivyor barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.

Himoyachining "kanonirlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:36, 14.08.2025.
O'qildi: 1596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик