Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Prevyu. «Navbahor» - «Neftchi»

Prevyu. «Navbahor» - «Neftchi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvni «Navbahor» o‘z maydonida «Neftchi» (Farg‘ona)ga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) bahslarida shu kungacha o‘zaro 61 marta uchrashishgan.

Ushbu o‘yinlarning 27 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 15 tasida «Navbahor» zafar quchgan, 19 ta bahsda esa klublar durangga imzo chekkan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich – 87-62, «Neftchi» foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda farg‘onaliklar 100, namanganliklar esa 64 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda 4 marta yirik hisob qayd etilgan. «Neftchi» 1995 va 1997 yillarda Namanganda 3:0, 2001 yili esa Farg‘onada 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Navbahor» 2004 yili Farg‘onada 3:0 hisobida zafar quchgan.

Mazkur klublar o‘rtasidagi eng sermahsul bahs 2010 yilgi mavsumda Farg‘onada bo‘lib o‘tgan hamda unda darvozalarga 7 ta to‘p kiritilgan. O‘sha o‘yinda «Neftchi» 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.

Ta’kidlash joizki, Farg‘ona jamoasi 2018 yili o‘z tarixida ilk marta Superliga (oliy liga)ni tark etdi va 3 yillik tanaffusdan so‘ng, yana elitaga qaytdi.

Ushbu jamoalar o‘rtasida Namanganda o‘tkazilgan 30 ta uchrashuvning 12 tasida «lochinlar», 5 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 13 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 32:28, «Navbahor» foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Neftchi» o‘yini ertaga soat 18:00 da Namangandagi «Markaziy» stadionida start oladi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:26, 15.08.2025.
O'qildi: 806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик