Krishtianu Ronaldu Kingsli Komanning "An-Nasr"ga transferida muhim rol o‘ynadi.
Bild nashrining yozishicha, portugaliyalik vinger nomzodini qo‘llab-quvvatlagan, uning sifatlariga qoyil qolgan va aynan u bilan o‘ynashni istayotganini aytgan.
Bu esa "An-Nasr" rahbariyatini transferni amalga oshirishga uzil-kesil ishontirdi.
Avvalroq, "Bavariya" Komanni bonuslar bilan birga 35 mln yevroga sotishi ma’lum bo‘lgandi. 29 yoshli fransuz yiliga 20-25 mln maosh oladi.













