Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Keyn YECHL favoritlari haqida fikr bildirdi

Keyn YECHL favoritlari haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasining bo‘lajak mavsumi favoritlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Unga ko‘ra, raqobat yuqori bo‘ladi va g‘alabaga asosiy da’vogar Yevropaning yetakchi klublari bo‘ladi.

"O‘ylaymanki, bu Chempionlar ligasi har yilgidek bo‘ladi. "Bavariya" PSJ, "Real", "Barselona", "Manchester Siti", "Liverpul" bilan birga davogarlardan biri bo‘ladi. Barcha yirik jamoalar kubok uchun kurashadi. Finalga hali uzoq yo‘l", - dedi Keyn Marca bilan suhbatda.

Forvard jamoa raqiblarini aniqlash uchun oy oxiridagi qur’a tashlash marosimini intiqlik bilan kutayotganini, biroq ayni damda bor e’tiborini ichki chempionatga qaratganini ta’kidladi.

"Juma oqshomida bizni "Alyans Arena"da mavsumni ochadigan muhim o‘yin kutib turibdi. "Shtutgart"ga qarshi o‘yindagidek munosabat, ishtiyoq va g‘alabalarga chanqoqlikni ko‘rsatishimiz kerak", - deya ta’kidladi Keyn.

Kiritildi: 20:44, 17.08.2025.
O'qildi: 3188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик