Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik klub rahbariyatidan o‘z uchun muhim futbolchini tezroq ro‘yxatdan o‘tkazishini talab qilmoqda

Flik klub rahbariyatidan o‘z uchun muhim futbolchini tezroq ro‘yxatdan o‘tkazishini talab qilmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub rahbariyatidan himoyachi Jerar Martinni imkon qadar tezroq mavsum uchun tarkibga qo‘shishini talab qildi, deb xabar beradi Marca nashri.

Ispaniya gazetasining yozishicha, nemis murabbiyi Martinning o‘yinidan qoyil qolgan va u tarkibni kuchaytirish uchun kerak, deb hisoblamoqda. O‘tgan mavsumda 23 yoshli Martin barcha turnirlarni hisobga olgan holda 42ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ispaniya chempionatining 1-turida "Barselona" safarda "Malyorka"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Kataloniyaliklarning keyingi raqibi "Levante" bo‘ladi.

Kiritildi: 21:50, 18.08.2025.
O'qildi: 4830 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик