Iroqning “Amanat Bagdad” klubi Baxtiyor Qosimovning transferini e’lon qildi.
O‘zbekistonlik yarim himoyachi yangi jamoasi bilan bir yillik bitim tuzdi. Klub safida 77-raqam ostida to‘p tepadi.
Qosimov birinchi davrani “Qo‘qon-912” safida o‘tkazdi. Bu klub safida barcha turnirlarda 17ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Shu tariqa, u Iroq chempionatida o‘ynaydigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.













