Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Otabek Narzullayev: «Bugun charchoq evaziga mag‘lub bo‘ldik deb o‘ylayman»

Otabek Narzullayev: «Bugun charchoq evaziga mag‘lub bo‘ldik deb o‘ylayman»

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turi doirasida "Neftchi" — "Mash’al" bahsi yakunlanganidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yinni yaxshi boshladik. Xatolarimiz qimmatga tushdi. Bu bahona bo‘lmaydi. O‘tgan o‘yindan keyin yo‘l azobi bo‘ldi va futbolchilarni tiklashga ulgurmadik. Shu sababli o‘yin qiyin bo‘ldi.

— Jamoa o‘tgan turda "Andijon"ni mag‘lub etdi. Bugun jamoaga nima yetishmadi?

— Bugun charchoq evaziga mag‘lub bo‘ldik deb o‘ylayman. Chunki biz "Andijon"ga qarshi o‘yinda katta kuch yo‘qotdik. Keyin yana yo‘l, Toshkentgacha, keyin Farg‘onagacha. Xohlaymizmi yo‘qmi, futbolchilarda charchoq bor edi. O‘yinni yaxshi boshlagandik, 15-20-daqiqalardan keyin xatolar qilishni boshladik va gollar qo‘yib yubordik. Charchoq evaziga konsentrasiyani yo‘qotdik va xatolar evaziga gollar qo‘yib yubordik.

— Bugungi mag‘lubiyatda darvozabonning qanchalik aybi bor?

— Endi bu futbol. Darvozabonimiz balki xato qilgandir, balki xato qilmagandir. O‘yinni ko‘rib taxlil qilib, keyin aytishim mumkin. Xato hammamizniki. Murabbiylar, futbolchilar, shu klubda ishlayotgan barchaning xatosi bu. Biz xato qilayotgandirmizki, ishlashda davom etamiz. Keyingi o‘yinlarda bu xatolarni qilmaslikka harakat qilamiz.

— "Mash’al" yoshlar bilan yaxshi ishlaydi. Klubning o‘z akademiyasi bor. Siz o‘rinbosarlar jamoasi o‘yinlarini kuzatib borasizmi?

— Yoshlarimizning har bir o‘yiniga boramiz. O‘yinlarimiz yaqin bo‘lmasa borib ko‘ramiz. Chunki biz yoshlarni ko‘proq o‘ynatishni xohlaymiz. "Paxtakor"ga qarshi kubok o‘yini bor, o‘sha bahsda bir qancha yoshlarni sinab ko‘rmoqchimiz. Bugun yosh futbolchimiz Farruh Toshpo‘latovni 10 daqiqaga maydonga tushirdik, bu u uchun debyut o‘yin. "Neftchi"dek jamoaga qarshi o‘yinda yomon taassurot qoldirmadi. Bunday yosh futbolchilar bizning U21, U19 jamoalarimizda juda ko‘p. Ularga sekin-sekin imkoniyat berishimiz kerak. Bizda ham asosiy tarkibda futbolchilarimiz ko‘p. Shuni inobatga olib, yoshlarga doim ham imkoniyat bera olmayapmiz. Nasib bo‘lsa o‘z ochkolarimizni yig‘ib olsak, asosiy tarkibdagi bir qancha futbolchilarning o‘rnini yoshlar bilan to‘ldirmoqchimiz. Bu borada klubdagilar, jamoadagilar ham ishlamoqda. Bundan keyin ham yoshlarga imkoniyat qaratishga harakat qilamiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:28, 22.08.2025.
O'qildi: 358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.