Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zbekiston kubogi. "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi sanasi o‘zgardi

O‘zbekiston kubogi. "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi sanasi o‘zgardi

Baho:
+ | -
"Bunyodkor" rejasi bo‘yicha klub 20 avgustdan keyin o‘z maydoniga qaytishi kerak edi.

Biroq Lopes konsertidan keyin "Bunyodkor" stadioni maydoni hali-hamon o‘zini o‘nglab olganicha yo‘q. 

Bu o‘z navbatida muammolarni ko‘paytirdi. CAFA musobaqasi FIFA kunlaridan tashqariga chiqib kelishi oqibatida milliy terma jamoa bosh murabbiyi jamoani 26 avgustdan e’tiboran yig‘ishni reja qilgandi. Biroq taqvim zichlashib ketishi barobarida Liga Kapadze bilan kelishdi hamda o‘zining so‘nggi rasmiy uchrashuvlarini 26 avgustga belgiladi. Shu holat bo‘lmaganida, O‘zbekiston kubogining 1/4 finalidan joy olgan Jizzax va Samarqanddagi, shuningdek, poytaxtdagi ikki bellashuv bir kunga to‘g‘ri kelmasdi. Boz ustiga, CAFA musobaqasi sabab "Do‘stlik" stadioni ham ertaroq bo‘shatib berilishi lozim edi. Shundan kelib chiqib, Liga ikki Olimpik o‘rtasidagi Proliga o‘yinini ham 26 avgustga belgilashga majbur bo‘ldi. Biz bu bilan futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogiga ham xalal berdik. 

Shunga qaramay, O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Bunyodkor" — "Buxoro" o‘yinini Olmaliq shahriga ko‘chirish rejalashtirilgandi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, 26 avgust kuni OKMK stadioni Toshkent viloyatining bayramoldi tadbirlariga mezbonlik qiladi. Mazkur holat o‘z stadionini yo‘qotgan "Bunyodkor" uchun yana bir bosh og‘rig‘i bo‘ldi. Eng so‘ngida klub terma jamoa rahbariyati bilan kelishgan holda, "Jar" stadionidan 27 avgust kuni ham foydalanishga ruxsat oldi. Vaholanki, shu kuni milliy terma jamoa yig‘ini start oladi va albatta stadion CAFA musobaqasi uchun tayyorgarlik boshlayotgan bo‘ladi. 

Afsuski, endilikda "Jar" stadioniga og‘riq yuklama tushmoqda. Superliga, Proliga va kubok doirasidagi o‘yinlardan tashqari stadion bir haftada ikki marta ommaviy futbol musobaqasining final uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. Keyin esa "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari 1 kunlik farq bilan "Jar" stadionidan foydalanadi.

Liga taqvim ishlab chiqayotganda va o‘z rejalarini muvofiqlashtirayotganda milliy terma jamoa o‘yinlari FIFA kunlaridan tashqariga chiqib ketishi va albatta konsert dasturi sabab mamlakatning bosh stadioni ishdan chiqishini hisobga olmagandi. Endi esa klublarimiz bilan birgalikda o‘zimizga tegishli bo‘lmagan muammolar qarshisidan chiqdik. Buning uchun futbol jamoatchiligidan uzr so‘raymiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:25, 22.08.2025.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.