Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Rasmiylar “Manchester siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi

Rasmiylar “Manchester siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Angliyaning Manchester shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston MOQ va futbol assosiasiyasi rahbariyati safar davomida “Manchester siti” klubining shtab-kvartirasi hamda jamoa akademiyasiga tashrif buyurdi. Mutasaddilar klub tarixi va uning tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

Jamoa mutaxassislari o‘zbekistonlik rasmiylarga klubning marketing, akademiya faoliyati va undagi futbol ta’limi, xalqaro aloqalar, seleksiya va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, ingliz klubi tajribasini Yuqori Chirchiq tumanida qurilgan Milliy futbol markazida tatbiq etish borasida fikr almashildi.

Tashrif yakunida rasmiylar “Manchester Siti” jamoasining mashg‘ulot bazasini ko‘rishdi. Shu yerning o‘zida klub bosh murabbiyi, jahon futboli afsonasi Xosep Gvardiola, qolaversa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi va «shaharliklar» himoyachisi Abduqodir Husanov bilan suhbat tashkil etildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:59, 23.08.2025.
O'qildi: 528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик