Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Vanda Nara sudda Ikardi ustidan sudda g‘alaba qozondi

Vanda Nara sudda Ikardi ustidan sudda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi maydonda emas, balki sud zalidan katta mag‘lubiyat bilan chiqdi: sobiq turmush o‘rtog‘i Vanda Nara bilan uzoqqa cho‘zilgan nizodan so‘ng unga ulkan aliment to‘lash majburiyati yuklandi, mol-mulki musodara qilindi va hatto qarzdorlar reestriga kiritildi.

Argentina poytaxtida futbolchi Mauro Ikardi va uning sobiq rafiqasi, teleboshlovchi Vanda Nara o‘rtasidagi mashhur sud jarayoni yakunlandi. Sud qaroriga ko‘ra, Ikardiga ikki qizining har biri uchun oyiga 110 ming dollardan aliment to‘lab borishi shart qilib belgilandi.

Shuningdek, sportchining ayrim mulklari hibsga olindi. Jumladan, "Asociacion Civil La Isla SA" kompaniyasi hamda Nordeltadagi elit "Orzular uyi" — Mauro yangi ma’shuqasi, aktrisa China Suares bilan yashagan hashamatli qasr ham musodara qilindi.

Bundan tashqari, Ikardi rasmiy qarzdorlar reestriga kiritildi. Bu qaror og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin: bank hisoblari va kredit operasiyalari bloklanadi, futbolchi Argentinaga qaytsa, hatto mamlakatdan chiqib ketish taqiqlanishi ehtimoldan xoli emas.

Sud jarayonida Vanda Nara juda ehtirosli nutq so‘zladi. Uning aytishicha, so‘nggi vaqtlarda farzandlarini o‘zi ta’minlab kelmoqda, Ikardi esa katta daromadlariga qaramay, moliyaviy mas’uliyatdan qochishga urinadi.

Mauro uchun bu zarba uning futbolchilik faoliyatining og‘ir davriga to‘g‘ri keldi. Bor-yo‘g‘i bir necha kun oldin u uzoq tanaffusdan keyin ilk bor maydonga tushdi — tizzasiga qilingan murakkab jarrohlik amaliyotidan so‘ng 281 kunlik tiklanish jarayonidan keyin.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 06:30, 25.08.2025.
O'qildi: 5776 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик