Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Liverpul" - hujumkor monstrga aylanmoqda

"Liverpul" - hujumkor monstrga aylanmoqda

Baho:
+ | -

Aleksander Isak hamon «Nyukasl» ixtiyorida, biroq u allaqachon ruhan «Enfild»ga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini bildirgan. Jurnalist Florian Plettenberg ma’lumotlariga ko‘ra, shartnoma kelishilgan, muzokaralar esa muvaffaqiyatli kechmoqda.

Shved futbolchisini «Nyukasl» bilan mental jihatdan endi hech narsa bog‘lamaydi — «qarg‘alar» 170 mln. yevroga umid qilib turgan bir paytda, Isak shaxsiy dastur asosida o‘z vaqtida to‘p surgan «Real Sosyedad» bilan shug‘ullanmoqda. Agar bu transfer haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, «Liverpul» shu transfer oynasida deyarli 500 mln. yevro sarflaydi - shunchaki telbalik!

Florian Virs, Jeremi Frimpong, Yugo Ekitike va shved hujumchisi bilan birga «Enfild»da «Manchester Siti»ning ketma-ket to‘rt chempionlik rekordini ortda qoldirishi mumkin bo‘lgan yangi gegemon shakllanishi mumkin. Biroq bir nozik masala bor — bu jasur va yosh jamoani maydonda qanday joylashtirish kerakligini to‘g‘ri hal etish lozim. Demak, mersisaydlik murabbiylar oldida ulkan vazifalar turibdi.

O‘tgan chempionlik mavsumida «Liverpul» avvalambor o‘zining betakror muvozanati bilan taassurot qoldirdi. Jamoada yuksak darajadagi shaxsiy mahoratga ega futbolchilar va Arne Slot tomonidan belgilab berilgan universal rollarga ega o‘yinchilar bor edi. Balki «qizillar» Yurgen Klopp davridagi kabi yashin tezligida hujum qilmagan bo‘lishi mumkin, lekin ular o‘yinni yaxshiroq nazorat qilishdi va his-tuyg‘ularga berilmadi.

Faqat bir «erkin rassom» bor - bu Muhammad Saloh. Misrlik yulduz o‘yinni o‘z qo‘liga olish, himoyaga kamroq yordam berish va hal qiluvchi uchinchi maydonda tempni belgilashga haqli. Bu esa samara bermoqda. Endilikda jamoa tarkibi erkin harakat qilishni yaxshi ko‘ruvchi o‘yinchilar bilan to‘lib-toshgan — bu esa xatolar soni ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Isak «Nyukasl»da bo‘lgani kabi hujumdagi «nayza uchi» vazifasini bajaradi, ya’ni orqaga qaytish talab etilmaydi. Undan pastroqda esa Florian Virs - u «Bayer»da Xabi Alonso qo‘l ostida doim qanotlarga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumchi ortida harakatlanardi. Himoyada esa o‘ng qanotda — Jeremi Frimpong, har bir o‘yinda oldinga parvoz qiluvchi reaktiv futbolchi. 3-4-3 sxemasida u Alonso uchun muhim, hatto almashtirib bo‘lmas opsiya edi. Biroq Slotning 4-2-3-1 sxemasida...

Tasavvur qiling, shu futbolchilar «Arsenal»ga qarshi o‘yinda qanday harakat qiladi, shuningdek, «Liverpul»ning asosiy tarkibida klassik tayanch yarim himoyachi yo‘q (Rayan Gravenberx — ko‘proq universal, chuqurdan o‘ynaydi) — bu esa jamoa chiziqlari orasidagi ulkan bo‘shliqni anglatadi.

Niderlandiyalik murabbiy bu o‘yinchilarni «qayta dasturlash» bilan shug‘ullanmaydi. Agar ijodkor futbolchining erkini cheklasang, transferdan nima naf? Bunning o‘rniga, Arne ularning rollarini modernizasiya qilishni boshladi.

«Qizillar» allaqachon bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashishdi. Masalan, pragmatik Massimiliano Allegri boshqaruvidagi «Milan»ga qarshi uchrashuvda ular alamli, biroq kutilgan mag‘lubiyatga uchrashdi. Bir tomon turli taktikalarni sinovdan o‘tkazayotgan bir paytda, raqib shunchaki o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy bermay, qarshi hujumga chiqib ketaverdi. To‘rt kun o‘tib, «Liverpul» «Yokogama»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi — bu safar jamoa ancha kompakt ko‘rindi, biroq raqib darajasi ham unchalik baland emasdi.

Himoya chizig‘i esa ancha moslashuvchan bo‘lib qoldi — Virjil van Deyk va Ibraima Konate navbatma-navbat himoyani kafolatlash vazifasini bajarishmoqda. Vaqti-vaqti bilan ularga uchinchi markaziy himoyachi sifatida yangi kelgan Milosh Kerkez ham qo‘shiladi. Lekin bu jarayon juda dinamik va oddiy ko‘z bilan darhol sezilmaydi.

Gravenberx ko‘proq klassik tayanch yarim himoyachini eslatmoqda, markaziy yarim himoyachi rolini esa Aleksis MakAllister o‘z zimmasiga olgan. Isakning ehtimoliy dublyori — Ekitike esa Saloh va Kodi Gakpo bilan yaxshi hamkorlik qildi, ularga markazdagi hujum uchun bo‘sh joy yaratib berdi. Hozircha umidli ko‘rinadi, ammo bu samarali bo‘ladimi? APL startiga sanoqli kunlar qoldi, lekin taktik rejalar hali shakllanish jarayonida.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 08:00, 25.08.2025.
O'qildi: 2007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.