Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Yurtimizda endi futbol o‘yinlariga chiptalar faqat maxsus onlayn tizim orqali sotiladi

Yurtimizda endi futbol o‘yinlariga chiptalar faqat maxsus onlayn tizim orqali sotiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi.

“O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–262-son, 21.08.2025 y.) qabul qilindi.

Mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini ko‘paytirish orqali futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish;

iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to‘liq raqamlashtirish.

Qarorga ko‘ra, “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi.

2026 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

2026 yil 1 martdan futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikasiya qilish hamda matrisali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Manba: lex.uz
Kiritildi: 18:26, 25.08.2025.
O'qildi: 1749 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик