Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Xitoy terma jamoasi Temur Kapadzega qiziqish bildirmoqda

Xitoy terma jamoasi Temur Kapadzega qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

O‘z tarixida ilk marta jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy jamoasining ayni paytdagi vaqtinchalik bosh murabbiyi Timur Kapadze iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Paulo Bentuni bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabar Xitoy matbuotida umid uchqunlarini uyg‘otdi.

Boisi, bu mamlakat matbuoti Xitoy terma jamoasini aynan Timur Kapadze boshqarishini istamoqda.

Xitoyning Sohu.com sayti quyidagi yozdi:

«Agar Bentu Kapadze o‘rniga tayinlansa, bu biz uchun katta imkoniyat. Shunda Kapadze Xitoy uchun yaxshi nomzod bo‘lishi mumkin.

Kapadze 2025 yil yanvar oyida O‘zbekiston termasiga bosh murabbiy bo‘lib kelgan va yaxshi natijalar ko‘rsatgan. So‘nggi 4 o‘yinda 2 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etgan. Eng muhimi, u O‘zbekistonni tarixda ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqdi.

Xitoy uchun esa Kapadze yaxshi nomzod hisoblanadi. Avvalo, 40 yoshlardagi yosh murabbiy sifatida Osiyoda yaxshi natijalar ko‘rsatdi. Yoshlar jamoasi bilan ham Osiyoning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Osiyoda tajribasi va muvaffaqiyati bo‘lgan murabbiyni Xitoy rad etishiga sabab yo‘q.

Biz hali bosh murabbiy tayinlamadik. Agar Xitoy futbol assosiasiyasi xorijlik murabbiyni tanlasa, Kapadze ideal nomzod bo‘lishi mumkin.

Kapadze 40 yoshning boshlarida. Bu esa Xitoy futbol assosiasiyasining yosh mezonlariga mos keladi. Shu bilan birga, u Osiyo futboliga yaxshi tanish va saralashda natija ko‘rsatgan. Endigina murabbiylik karyerasini boshlagani sabab maoshi ham yuqori emas. Shu uchta afzallik uni Xitoy uchun kuchli nomzodga aylantirishi mumkin.

Ayni paytda, Xitoy Jahon chempionatiga chiqolmaganidan so‘ng, Xitoy bosh murabbiy Branko Ivankovichni ishdan oldi va hali ham yangi murabbiy izlamoqda. Bir nechta nomzod tilga olingan bo‘lsa-da, ulardan hech biri jiddiy natija bermadi».

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:47, 27.08.2025.
O'qildi: 4603 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.