"Barselona" 17 yoshli ozarbayjonlik futbolchi Ibrohim Babayev bilan shartnoma imzolaganini rasman tasdiqladi. Yosh yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar" U-17 jamoasiga qo‘shildi va klub akademiyasining bir qismiga aylanadi.
Ushbu shartnomani imzolash marosimi "Barselona" boshqaruvi a’zosi, bolalar va o‘smirlar futboli direktori Joan Soler Ferre hamda kataloniyaliklar afsonasi, 4 karra Ispaniya chempioni Xose Ramon Aleksandro ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Babayev 2008 yilda tug‘ilgan va hozirda Ozarbayjon yoshlar terma jamoasida o‘ynaydi. "Barselona" akademiyasiga o‘tishidan oldin u Shveysariyaning "Servett" jamoasi sharafini himoya qilgan.













