"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga 3-turidan o‘rin olgan "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi.
«La Ligani 6 ochko bilan boshlash muhim edi, lekin endi biz butun diqqatimizni uchinchi o‘yinda g‘alaba qozonishga qaratyabmiz. "Rayo Valyekano" murabbiyi ajoyib ishlamoqda, ular bizga qiyin raqib bo‘lishadi», - dedi Flik.













