Angliya chempionati 3-turida "Tottenxem" "Bornmut"ni qabul qildi. Bahsda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol 5-daqiqada Evanilson tomonidan kiritildi.
"Tottenxem" 6 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. "Bornmut"da ham xuddi shuncha ochko bor (7-o‘rin).













