Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Benfika" Ukraina terma jamoasi yetakchisi transferini e’lon qildi

"Benfika" Ukraina terma jamoasi yetakchisi transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Georgiy Sudakov "Shaxtyor"dan "Benfika"ga o‘tdi.

Portugaliya klubi 22 yoshli yarim himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga olganini e’lon qildi.

Futbolchining ijarasi uchun "burgutlar" 6,75 million yevro to‘laydi, to‘liq transfer esa ularga 20,25 million yevro va 5 million bonusga tushadi. Ukraina klubi futbolchini qayta sotishdan tushgan mablag‘ning 25 foizini ham olishi mumkin - agar "Benfika" "Shaxtyor"ga qo‘shimcha 6 mln yevro to‘lasa, bu ulush 15 foizga tushadi.

O‘tgan mavsum Ukraina chempionatida Sudakov 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 03:01, 31.08.2025.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик