Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Yuventus" fransiyalik himoyachini nishonga oldi

"Yuventus" fransiyalik himoyachini nishonga oldi

Baho:
+ | -

"Nissa"ning o‘ng qanot himoyachisi Jonatan Kloss "Yuventus" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi. Turin klubi "burgutlar" bilan 32 yoshli futbolchi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi, deya xabar bermoqda jurnalist Alfredo Pedulla. Transfer yozgi transfer oynasi yopilishidan oldingi so‘nggi soatlarda amalga oshirilishi mumkin.

Jonatan Kloss "Nissa" safida o‘tgan yilning iyul oyidan buyon to‘p surib kelmoqda, bungacha u "Marsel" va "Lans" sharafini himoya qilgan. Hozirgi jamoasida futbolchi 42 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, Fransiya terma jamoasi safida 14 ta o‘yinda ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali qanot himoyachisining narxini 5 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:37, 01.09.2025.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.