"Fenerbaxche" Ademola Lukmanga 4 yillik shartnoma uchun 24 mln yevrodan ko‘proq taklif qildi.
Klubni tark etishni istagan "Atalanta" forvardi Yevropaning top-5 ligalarida transfer oynasi yopilgunga qadar jamoa topa olmadi.
Jurnalist Orasio Akkomandoga ko‘ra, "Fenerbaxche" nigeriyalikka yiliga 6 mln yevro maosh va bonuslar bilan 4 yillik shartnoma taklif qilgan.
Turk klubi hozircha Lukman bilan ham, "Atalanta" bilan ham kelishib olgani yo‘q.













