Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente vinger Lamin Yamalning rivojlanishi haqida gapirdi.
"Biz 16 yoshidan terma jamoada o‘ynagan futbolchini qadrlashimiz kerak. U hamma narsaga o‘zi erishdi.
OAV unga katta bosim o‘tkazmoqda va u umidlarni oqlash uchun ko‘p mehnat qilishi kerak. Laminning ajoyib qobiliyati bor, lekin u faqat iste’dodning o‘zi yetarli emasligini tushunadi - agar tabiiy qobiliyatlar doimiy fidoyilik bilan qo‘llab-quvvatlanmasa, uni rivojlantirish mumkin emas", - deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi ispan OAV.













