Ispaniya sudi bir muxlisni Inyaki Uilyamsga nisbatan irqchilik harakati uchun jazolaydi.
Voqea 2020 yilning yanvar oyida "Espanyol"ning La Liga doirasida "Atletik"ga qarshi uy uchrashuvi vaqtida sodir bo‘lgan.
Kataloniya jamoasining ayrim muxlislari Uilyams almashtirilganda unga hushtakbozlik qilishdi, shuningdek, imo-ishora va tovushlar bilan haqorat qilishdi. Tergov paytida Inyaki o‘zini xo‘rlangan deb his qilganini aytdi.
Chorshanba kuni Barselona sudi "Espanyol" muxlisiga hukm chiqardi - ayblanuvchi bir yillik qamoq jazosiga va 1086 yevro jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, unga ikki yilga sport tadbirlariga borish, to‘rt yil davomida sport va ta’lim sohasida ishlash taqiqlangan.
Prokuratura dastlab muxlis uchun ikki yillik qamoq jazosini talab qilgandi.













