Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Liga «Lokomotiv» stadionidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Liga «Lokomotiv» stadionidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» klubi keyingi mavsumga tayyorgarlikni hozirdan boshlab yuborgan. Liga vakillari «Lokomotiv» stadionida bo‘lib, u yerdagi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Ayni damda klub o‘z uy stadionini keyingi mavsumga tayyorlash maqsadida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, «Lokomotiv» stadioni maydonining chimi, drenaj qismi to‘liq yangilanmoqda. Bundan tashqari, stadion projektorini amaldagi talablarga mos ravishda to‘liq yangilash rejalashtirilmoqda. Majmuaning qolgan qismlari ham to‘liq ta’mirlanadi.

«Lokomotiv» klubi asosiy stadion ta’miri bilan cheklanib qolayotgani yo‘q. Klub o‘z arenasi yonginasidagi 2-sonli sport maktab hududida, muassasa bilan kelishgan holda tabiiy, zamonaviy drenaj tizimiga ega mashg‘ulot maydoni qurishni boshlab yuborgan. Kelishuvga ko‘ra klub sport maktabi tarbiyalanuvchilari uchun alohida sun’iy maydon qurib beradi. Bolalar uchun mo‘ljallangan maydon qurilishining asosiy qismi o‘z nihoyasiga yetib ulgurgan.

Ma’lumki, «Lokomotiv» klubining qarorgohi asosiy stadion yonida joylashgan. Klub endi shu huddudda mashg‘ulot maydoni ham barpo etmoqda. Qurilish ishlari yakuniga yetgach, «Lokomotiv» klubining qarorgohi, mashg‘ulot maydoni va uy uchrashuvlarini o‘rkazadigan stadioni bir huddudda joylashadi. Bu esa o‘z navbatida futbolchilar uchun qulaylik yaratadi.

Klub yoshlar jamoalarini rivojlantirish bo‘yicha boshqa rejalarini ham Liga bilan baham ko‘rdi. Liga bir tizim bo‘lib ishlaydigan va uzoq muddatli rejalar asosida harakat qiladigan klublarni doim olqishlaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:51, 07.09.2025.
O'qildi: 1272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик