Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugundan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Terma jamoaga chaqirilgan o‘yinchilar poytaxtimizdagi “Velara” mehmonxonasida istiqomat qilishadi. Mashg‘ulotlar esa “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkaziladi.

Mazkur yig‘in 20–24 sentyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi – 2026 saralash musobaqasi oldidan so‘nggi ko‘rik vazifasini o‘tab beradi.

Yig‘in davomida Osiyo qit’asi grandlaridan biri – Yaponiya terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashish ham rejalashtirilgan. Kunchiqar mamlakat termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 16 sentyabr kuni soat 17:00 da “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 18 sentyabr kuni Bishkekka uchib ketadi. Qirg‘iziston Respublikasi poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogining F saralash guruhida terma jamoamiz mezbonlardan tashqari Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalariga qarshi maydonga chiqishadi.

Murabbiylar shtabi bugun boshlanadigan yig‘inga quyidagi futzalchilarni jalb etgan:

Darvozabonlar – Abbos O‘lmasbekov ("BMB PFC"), Shavkat Ibragimov (“Oil Star”), Doniyor Umarov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar – Ilhomjon Hamroyev (“Oil Star”), Mashrab Odilov ("BMB PFC"), Shahzod Sa’diyev ("BMB PFC").

Qanot o‘yinchilari – Behruz Samiyev (“Oil Star”), Husniddin Nishonov ("BMB PFC"), Eldor Nig‘matov (“Lokomotiv”), Muhammadali Xusanov ("BMB PFC").

Qanot hujumchilari – Elbek To‘lqinov (“Oil Star”), Abbor Ahmedzyanov (OKMK), Muzaffar Abdukarimov (OKMK), Akbar Usmonov (SQB).

Hujumchilar – Muzaffar Ahadjonov ("BMB PFC"), Davlat Ibragimov ("BMB PFC").

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 12:41, 08.09.2025.
O'qildi: 1123 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.