Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Di Mariya: "Argentina terma jamoasini sog‘inmayman"

Di Mariya: "Argentina terma jamoasini sog‘inmayman"

Baho:
+ | -

37 yoshli Anxel di Mariya Argentina terma jamoasidan ketganidan afsusda emasligini tan oldi.

Yulduz vinger 2024 yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Futbolchi uchun xayrlashuv uchrashuvi Amerika Kubogi finalida Kolumbiyaga qarshi bo‘lib o‘tdi va argentinaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi (1:0).

"Men terma jamoani sog‘inmayman. Men ketish vaqti kelganini va ko‘pchilik fikrimga qo‘shilishini his qildim. Bizda yangi avlod bor - bu yigitlar terma jamoani o‘z ortidan ergashtirishga tayyor. Niko Pas, Garnacho, Almada... Ular o‘ynashga loyiq, shuning uchun men hammasidan mamnunman," - deya di Mariyaning so‘zlarini keltiradi TyC Sports.

O‘tgan yozda Anxel Yevropa futboli bilan xayrlashib, o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan "Rosario Sentral"ga qaytdi.

Kiritildi: 08:46, 09.09.2025.
O'qildi: 1431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик